Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi

2026–2027 Qabul ochiq

Bilim, tarbiya va gʻalabalar maktabi

2019-yildan buyon 1–11-sinf oʻquvchilariga zamonaviy taʼlim beramiz: 113 nafar malakali pedagog, 3 mahal ovqatlanish, 6 ta toʻgarak va xalqaro darajadagi natijalar.

Yillik tajriba
7+
Oʻquvchilar
1 528
Oʻqituvchilar
113
Ideal Study xususiy maktabi binosi
Taʼlim 1–11-sinflar
Har bir bola uchun Gʻamxoʻr muhit

Maktabdagi bir kun

08:30 — 17:00

  1. 08:30 Darslar boshlanadi
  2. 3× Kunlik ovqatlanish
  3. 6 Darsdan keyingi toʻgaraklar
  4. 17:00 Uyga qaytish

Biz haqimizda

Farzandingiz uchun ikkinchi uy

Darslar 08:30 dan 17:00 gacha davom etadi. Shu vaqt ichida oʻquvchilar 3 mahal ovqatlanadi, toʻgaraklarda shugʻullanadi va tajribali ustozlar nazoratida uy vazifalarini bajaradi.

  • 1–11-sinflar Boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinflar
  • 113 nafar pedagog Malakali va sertifikatli ustozlar
  • 3 mahal ovqatlanish Butun oʻquv kuni davomida
  • 6 ta toʻgarak IT, sport va intellektual toʻgaraklar
Batafsil

Statistika

Raqamlarda Ideal Study

1 528
Oʻquvchilar
113
Pedagoglar
160
Xodimlar
97%
Bitiruvchilar OTMga kirdi
8 050,8 m²
Hudud maydoni
675
Xalqaro va milliy sertifikat (2026)

Natijalar

Xalqaro maydondagi yutuqlarimiz

Oʻquvchilarimiz Italiya, Malayziya, Indoneziya, BAA, Ozarbayjon va Qirgʻizistondagi musobaqalarda gʻolib boʻlmoqda.

Barcha natijalar
6ta 2026

Sentabr oyidagi natijalarimiz

CEFR | SENTABR NATIJALARI 🔻Yangi o‘quv yilining ilk oyi — sentabr yakunlandi. Ammo bizda “yil endi boshlandi, hali tayyorlanamiz” degan gap yo‘q. 🚀 Chunki natija kutmaydi. Natija — tizimli tayyorgarlikning mevasi. 🇬🇧 Ingliz tili fanidan sentabr oyidagi CEFR natijalari: 🔹Umarqulov Nurmuhammad — B1 | 6-sinf 🔹Abduvaliyev Voxidjon — B2 | 10-sinf 🔹Rajabaliyeva Vasila — B2 | 11-sinf 🔹Normatova Diyora — B2 | 11-sinf 🔹Nafasova Shaxzoda — B1 | 11-sinf 🔹Abdurazzoqova Jasmina — B2 | 10-sinf ⚡️Ayniqsa, 6-sinf o‘quvchimizning B1 natijasi — biz uchun alohida quvonch. Bu natijalar katta maqsadlar uchun yosh chegarasi yo‘qligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

I Ideal study xususiy maktabi
C1

Yosh bo‘lish — yuksak marralarni zabt etishga to‘siq emas: Sirdaryo viloyatida 7-sinf o‘quvchisi C1 daraja sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani Bog'iston mahallasida istiqomat qiluvchi, hozirda “Ideal Study” xususiy maktabining 7-sinfida tahsil olayotgan To‘ychiboyeva Nigora Sobirjon qizi C1 daraja sertifikatini qo‘lga kiritdi. Nigorani bu yutug‘i nafaqat uning oilasi va ustozlari, balki butun Sirdaryo yoshlari uchun ham quvonchli voqeadir. Uning erishgan natijasi yosh avlodning intilishi, izlanishi va sifatli ta’lim orqali katta marralarni zabt etish mumkinligini ko‘rsatadi. Sertifikatni topshirish marosimida Bilimni baholash agentligi mas’ul xodimi Baxtiyor Komilov hamda Agentlikning Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari Alisher Baxromovlar ishtirok etib, yosh bilim sohibasini erishgan yutug‘i bilan tabrikladilar va Nigoraga kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va bundan-da yuksak natijalar tiladilar.

T To‘ychiboyeva Nigora Sobirjon qizi Ideal study xususiy maktabi
1-oʻrin 2023

HIPPO ingliz tili olimpiadasida jahon chempionligi

2023-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan ingliz tili boʻyicha HIPPO xalqaro olimpiadasida Nigora Toʻychiboyeva jahon chempioni boʻldi. Shu sababli olimpiadaning 2025-yildagi yarim final bosqichi Samarqandda oʻtkazildi.

N Nigora Toʻychiboyeva HIPPO
3-oʻrin 2024

SEAMO 2024 matematika olimpiadasi

Malayziyada boʻlib oʻtgan SEAMO 2024 xalqaro matematika olimpiadasida 2-sinf oʻquvchisi Iftixor Rasuljonov 3-oʻrinni egalladi.

I Iftixor Rasuljonov SEAMO 2024
3-oʻrin 2025

SEAMO 2025 matematika olimpiadasi

Indoneziyada boʻlib oʻtgan SEAMO 2025 matematika olimpiadasida 3-sinf oʻquvchisi Xondamir Komiljonov 3-oʻrinni egalladi.

X Xondamir Komiljonov SEAMO 2025
1-oʻrin 2024

Xalqaro shaxmat turniri gʻolibi

2024-yilda Ozarbayjonda oʻtkazilgan xalqaro shaxmat turnirida 5-sinf oʻquvchimiz Lazizbek Shavkatov faxrli 1-oʻrinni egalladi. Tojikistonda oʻtkazilgan Gʻarbiy Osiyo chempionatida esa standart va blits yoʻnalishlarida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

L Lazizbek Shavkatov
1-oʻrin 2026

"Bishkek Open" karate turniri

2026-yil 22–27-fevral kunlari Bishkekda karate WKF boʻyicha barcha yosh toifalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Bishkek Open" ochiq turnirida Amalbek Islomov 1-oʻrinni, Imronbek Nematov faxrli 3-oʻrinni egalladi.

A Amalbek Islomov, Imronbek Nematov Bishkek Open
26 Ibn Sino maktabiga qabul qilingan oʻquvchilar
15 Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan oʻquvchilar
36 Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga qabul
7 Prezident maktabiga qabul qilingan oʻquvchilar

Toʻgaraklar

Qiziqishlarni kashf etadigan toʻgaraklar

Darsdan tashqari 700 dan ortiq oʻquvchi IT, sport va intellektual toʻgaraklarda shugʻullanadi.

Prezident maktabiga tayyorlov

IT dasturlash

240 nafar oʻquvchi shugʻullanadi

Mental arifmetika

130 nafar oʻquvchi shugʻullanadi

Karate

120 nafar oʻquvchi shugʻullanadi

Badiiy gimnastika

110 nafar oʻquvchi shugʻullanadi

Shaxmat

80 nafar oʻquvchi shugʻullanadi

Ijtimoiy masʼuliyat

Taʼlim — hamma uchun

151
Imtiyoz asosida oʻqiyotgan oʻquvchilar
58
Hududlardan jalb qilingan oʻquvchilar
Batafsil
  • 01

    Imtiyozli taʼlim

    Ijtimoiy himoya reestrida turuvchi 151 nafar oʻquvchi imtiyoz asosida taʼlim olmoqda.

  • 02

    Hududlardan iqtidorli oʻquvchilar

    Viloyat hokimi tashabbusi bilan hududlardan 58 nafar oʻquvchi jalb qilingan va ovqatlanish hamda yotoqxona bilan taʼminlangan.

  • 03

    "Assistant teacher" loyihasi

    Guliston davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetining 50 nafar talabasi pedagoglarimiz bilan tajriba orttirmoqda.

Hamkorlar

Oliy taʼlim bilan hamkorlik

AVSTRALIYA TA’LIM TIZIMI — IDEAL STUDY’GA KELMOQDA!

AVSTRALIYA

Ideal Study maktabimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan maxsus seminar va yig‘ilish tashkil etildi. Unda maktabimiz nomidan yoshlar masalasi va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari To‘polonbek Islomqulov rasmiy tarzda ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik

Malayziya

Ideal Study hamda Asia Pacific University of Technology & Innovation (APU) o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xalqaro hamkorlik

Koreya va Singapur

IDEAL STUDY ta’lim tarmog‘i qoshida tashkil etilgan IDEAL Consulting o‘quvchilarni rasmiy, qonuniy va ishonchli tarzda Xalqaro TOP universitetlarga topshirish hamda GRANT yutishiga ko‘maklashadi.

Malayziyadan katta yangilik: yangi imkoniyatlar ochilmoqda!

Malayziya

Ideal Study jamoasining navbatdagi manzili — ALFA University! 🎓 Universitetning ta’lim tizimi va sharoitlari bilan yaqindan tanishdik. 📜 O‘quvchilarimizga maxsus sertifikatlar topshirildi. 🔥 BOMBA YANGILIK!

Qoʻngʻiroq soʻrash

Raqamingizni qoldiring, biz sizga qoʻngʻiroq qilamiz

Qabul, dasturlar va narxlar boʻyicha savollaringizga javob beramiz.

Ota-onalar uchun ilova

Farzandingizning maktabdagi hayotini kuzatib boring

Farzandingizning oʻquv jarayonini kuzating, maktab bilan aloqada boʻling va muhim yangiliklarni qoʻldan boy bermang — hammasi bitta ilovada.