Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi
1

IDEAL STUDY — EZGULIK SARI ILK QADAM!

🌍 Katta o‘zgarishlar kichik yaxshiliklardan boshlanadi!

Bugun Ideal Study’da 20 nafarga yaqin faol va tashabbuskor o‘quvchilardan iborat IDEAL VOLUNTEERS — Ko‘ngillilar klubi o‘z faoliyatini boshladi!

🎯 Klubning asosiy maqsadi — jamiyatga foyda keltirish, yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni asrash hamda o‘quvchilarda yetakchilik va ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirish.

Chunki biz uchun ta’lim — nafaqat bilim berish, balki mehr-oqibatli, mas’uliyatli va tashabbuskor yoshlarni tarbiyalash hamdir.

🚀 Oldinda Guliston shahri va Sirdaryo viloyati bo‘ylab ko‘plab xayrli tashabbuslar va ezgu ishlar kutmoqda!

IDEAL VOLUNTEERS — O‘zgarishni kutmaymiz, uni o‘zimiz yaratamiz!

Rasmlar

Yangiliklar

Boshqa yangiliklar

2

🎯 SELL ME THIS — O‘QUVCHILAR KOMPANIYA TUZDI, MAHSULOT SOTDI!

Bu safar o‘quvchilarga tayyor topshiriqni bajarish emas, o‘z biznesini yaratish imkoniyati berildi! Ideal Study xususiy maktabida o‘quvchilarning kreativ fikrlashi, tadbirkorlik qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SELL ME THIS — reklama bellashuvi tashkil etildi.

Batafsil