Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi
Sardor Abdurahmonov

O'qituvchi

Sardor Abdurahmonov

Prezident maktabiga tayyorlov o‘qituvchisi

Prezident maktabiga tayyorlov

SHAXSIY MA’LUMOTLAR

Tug‘ilgan sanasi va joyi: 2000-yil 24-may, Sirdaryo viloyati, Xovos tumani.

Ma’lumoti: Oliy. 2024-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: Matematika.

MEHNAT FAOLIYATI

2020–2024-yillar — Guliston davlat universiteti talabasi. Shu bilan birga, “SARDOR ZIYO” nodavlat ta’lim muassasasi (NTM) asoschisi, matematika fani hamda Prezident maktablariga tayyorlov ustozi.

2024-yil 20-avgustdan hozirgi vaqtga qadar — “IDEAL STUDY” xususiy maktabida Prezident maktablariga tayyorlov ustozi.

YUTUQLAR VA NATIJALAR

  • 2013, 2014 va 2015-yillar — matematika fani bo‘yicha viloyat bosqichi g‘olibi.

  • 2020-yil — Guliston davlat universitetiga matematika fanidan 30 ta savolning barchasini to‘g‘ri ishlab, 1-o‘rin bilan qabul qilingan.

  • 2021-yil — Sirdaryo viloyatidagi “Eng yosh tadbirkor” tanlovi g‘olibi.

O‘QUVCHILAR NATIJALARI

2020–2024-yillar davomida:

  • Oliy ta’lim muassasalariga — 100 nafardan ortiq o‘quvchi.

  • Prezident maktabiga — 4 nafar o‘quvchi.

  • Al-Xorazmiy maktabiga — 12 nafar o‘quvchi.

  • Qorako‘l maktabiga (hozirgi Guliston tumani ixtisoslashtirilgan maktabi) — 15 nafar o‘quvchi.

  • Tuman va shahar ixtisoslashtirilgan maktablariga — 110 nafardan ortiq o‘quvchi.

2024–2025-o‘quv yilida “IDEAL STUDY” jamoasi bilan erishilgan natijalar:

  • Prezident maktabiga — 3 nafar o‘quvchi.

  • Al-Xorazmiy maktabiga — 15 nafar o‘quvchi.

  • Ixtisoslashtirilgan maktablarga — 30 nafardan ortiq o‘quvchi.